Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jolining siyosiy ambitsiyalari oilaviy mojarolari sababi sifatida talqin etildi

Hollivudda 21 asrning eng shov-shuvli ajrashuvi sifatida ko‘rilayotgan Bred Pitt hamda Anjyelina Jolining oilasi buzilishi aktrisaning siyosiy ambitsiyalari ortidan yuzaga kelgan. Bu haqda TMZ nashri juftlikka yaqin manbasiga asoslangan holda xabar qildi.
Nashrda yozilishicha, go‘yoki Joli BMT bosh kotibiga aylanish borasida shirin xayollarga berilgan va bu maqsad yo‘lida 2 nafar siyosiy maslahatchi ham yollagan. Pitt esa uning BMT elchisi sifatidagi xayriya ishlaridagi faoliyatiga hech qachon qarshilik ko‘rsatmagan. Lekin u ziddiyatlar hududidan 2 nafar qochqin bola bilan qaytganidan keyin muammolar yuzaga kelgan. U Pittdan o‘zi bilan birga Suriyaga borishini so‘rashi esa "sabr kosasiga to‘kilgan oxirgi tomchi" bo‘lgan.
24 sentabr kuni Buyuk Britaniyadagi Daily Mail nashri Jolining bir necha hafta oldinoq Malibudan oyiga 95 ming dollarlik uy ijaraga olgani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda aktrisa shu uyda 6 farzandi bilan birga istiqomat qilayotgani aytilgan.
Joli Pitt bilan nikoh munosabatlarini uzishi bo‘yicha ariza topshirgani 20 sentabr kuni ma'lum bo‘lgandi. Nashrlarda bunga Joli Pittning otalik vazifalarini ko‘ngildek bajarmayapti deb hisoblayotgani sababligi aytilgan. U suddan bolalarni o‘zida qoldirishni, shuningdek, Pittga dam olish kunlari bolalar bilan uchrashishga ruxsat berishni so‘ragan.
Keyinchalik turli manbalarda MQB Pittning farzandlariga beshafqat munosabatda bo‘lib kelgani haqidagi ma'lumotlarni tekshirishi xabar qilindi.
Joli 2001 yildan buyon BMTning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi. Shu vaqtgacha u Livan, Iroq, Suriya va Iordaniya kabi mamlakatlarda insonparvarlik missiyalari yuzasidan bo‘lgan.
41 yoshli Joli va 52 yoshli Pittning munosabatlari 2005 yilda boshlangan, juftlik 2014 yilning avgustida turmush qurgandi. Ular birgalikda 3 nafar asrab olingan bolani - kambojalik Meddoks, vetnamlik Paks va efiopiyalik Zaharani, shuningdek, 3 nafar biologik farzandlari - Shaylo, egizaklar Noks va Vivenni birgalikda tarbiyalab kelishayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

18:42 / 10.08.2025
BMT Bosh assambleyasida Falastin davlati tashkil topgani e’lon qilinishi mumkin

23:15 / 05.08.2025
BMT konferensiyasida o‘zbek hovlisi ko‘rinishida qurilgan O‘zbekiston pavilyoni namoyish etildi

18:37 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

15:46 / 05.08.2025