Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy S8’ning surati taqdim etildi
Internetda Ghostek kompaniyasining Galaxy S8’ga mo‘ljallangan g‘ilofi surati paydo bo‘ldi. Unda aprelda taqdim etiladigan Samsung yangi qurilmasi dizaynini ham ko‘rish mumkin.
Galaxy S8’ning surati Gizmochina saytida taqdim etildi. Aksessuarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lajak qurilmalar haqidagi ma'lumotni avvaldan oladi. Bunga sabab xaridorlar uchun smartfonlar chiqarilgunga qadar g‘ilof va bamperlar tanlovini yaratishda.
Suratda Ghostek Atomic 3 turkumidagi suv o‘tkazmaydigan g‘ilofni ko‘rish mumkin. U Samsung’ning bo‘lajak yangiligida o‘rnatilgan. Qurilmada birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanuvchi jihat – “Uyga” tugmasining yo‘qligi. Aftidan, bu klavish va barmoq izlari sensori displeyning pastki qismiga o‘rnatiladi. Displey ikki tomonidan kichik bukilishga ega.
Orqa panel ham ancha qiziq. Samsung oynadan voz kechib, metallga o‘tadi. Qurilmani yoqish tugmasi va tovushni bir me'yorga keltirish klavishlari chap chekkada joylashgan. Avvalgi smartfonlarda esa yoqish klavishi o‘ng tomonda bo‘lgan.
Turli mish-mishlarga ko‘ra, qurilma aprel oyida taqdim etiladi.
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025