Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy S8 yoki iPhone 8 - ekspertlar taxmini

KGI Securities tahlilchisi Min-Chi Kuo Samsung Galaxy S8 qurilmasi asosan yangi iPhone modeli relizi sabab muvaffaqiyatsizlikka uchrashini aytdi. "9to5Mac" shu haqida xabar berdi.
Kuo Galaxy S8 sotuvlari o‘tgan yilgi Galaxy S7 sotuvlarida qayd etilgan rekorddan o‘ta olmaydi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi gadjyetida "jalb qiluvchi jihatlar" yetishmaydi, shu bois u OLED-displeyli yangi iPhone xaridorlarni ko‘proq o‘ziga tortishini taxmin qildi.
Bundan avval Samsung yangi planshetlarini namoyish etgani va Galaxy S8 taqdimoti muddatini e'lon qilgani haqida ma'lum bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, yangi flagman smartfoni taqdimoti 2017 yilning 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

13:09 / 05.07.2025
Davlat teatrlarida ekspert guruhlari tashkil etiladi

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025