Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chempionshipdan APLga chiqqan ilk jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

«Brayton» keyingi mavsumda Angliya premer-ligasida ishtirok etishini kafolatladi.
Kris Hyuton boshqaruvidagi jamoa mavsum yakuniga 3 tur qolganida «Uigan»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi. Parallel ravishda kechgan «Haddersfild» va «Derbi Kaunti» jamoalari uchrashuvida esa 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Natijada, «Brayton» qolgan 3 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar kamida ikkinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi.
Hyuton shogirdlari ayni vaqtda 92 ochko bilan birinchi o‘ringa joylashdi. To‘plar nisbati 73-36.
Turnir jadvalida «Brayton»dan keyingi 5ta o‘rinni «Nyukasl» (85 ochko), «Reding» (79), «Haddersfild» (78), «Sheffild Uensdey» (75) va «Fulhem» (73) egallab turibdi. Eng quyi 3 o‘rin esa «Blekbern» (44 ochko), «Uigan» (40) va «Roterhem» (18) tomonidan band etilgan.
Ushbu jamoa 1982/83 yilgi mavsumdan beri ilk marta Angliyaning eng yuqori divizionida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

19:41 / 15.08.2023
133 million yevroga «sakkizoyoq». APL tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylangan Kaysedo o‘zi kim?

22:05 / 27.05.2019
Terri Lempardni yengdi. APLning yana bir ishtirokchisi aniq bo‘ldi

11:00 / 16.05.2019
APLga uchinchi yo‘llanma uchun Lempard va Terri jamoasi kurashadi

10:10 / 12.05.2019