Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqidiy maqoladan so‘ng. Davlat xizmatlari agentligi aralashuvi bilan Sergelida aholi muammolari hal qilindi

Joriy yilning 28 sentabr kuni «Kun.uz» saytida «Toshkent shahrida prezident farmoni ijrosi nega ta'minlanmayapti?» sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri, Sergeli tumani Davlat xizmatlari Markazlariga Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulklarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish uchun 2018 yil 28 sentabr holatiga ko‘ra 60 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shu kunga qadar ularni ko‘rib chiqish va ijrosini ta'minlash paysalga solib kelinmoqda edi.
Ammo tanqidiy maqola e'lon qilinishi, shuningdek Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi aralashuvidan so‘ng Sergeli tumanidagi 26ta noqonuniy yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqi e'tirof etish bo‘yicha tuman hokimi qarori qabul qilindi. Bu haqda «Kun.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xabar bermoqda.
«Uchtepa, Yashnobod hamda Shayxontohur tumanlarida ham arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni faollashib, kelib tushgan arizalar bo‘yicha fuqarolarga vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosalar taqdim etish holatlari ko‘payib bormoqda.
Mazkur holat Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yayotgan vakolatli davlat organlarini faqatgina intizomiy va ma'muriy javobgarlikka tortish jazo choralarini qo‘llash bilangina emas, balki ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilik nazorati ostida ularning faoliyatiga baho berib borilishi ko‘proq o‘z samarasini berishidan dalolat beradi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

11:56 / 23.06.2025
Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

12:30 / 13.03.2025