Karmana tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
Karmana tumani hokimi Valijon Adizov ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun jazolandi. U o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi
Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi Valijon Adizovga intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Bu haqda Navoiy viloyat hokimining farmoyishi qabul qilingan.
Hujjatda keltirilishicha, Valijon Adizov ish faoliyati davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda o‘ziga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarmay kelgan. Unga Mehnat kodeksining 312-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Bunga asos sifatida Valijon Adizovning viloyat hokimi nomiga yozgan tushuntirish xati keltirilgan.
Valijon Adizov 2024 yilning yanvar oyida Faxriddin Umarov o‘rniga Karmana tumani hokimi etib tayinlangandi. Bungacha u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq Qo‘shrabot hokimi Dilshod Shakarboyev o‘rinbosarlarini haqoratlagani uchun intizomiy jazoga tortilgandi.
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

10:17 / 06.05.2025
Navoiyda savdo majmuasida yong‘in chiqdi

14:02 / 04.03.2025
Navoiyda 8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

12:28 / 26.12.2024