Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mansabdor shaxslar faoliyatini baholash bo‘yicha ekspert guruhlari tuzilmoqda
Vazirlar Mahkamasining "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Rahbarlar va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)ni ishlab chiqish, ularning natijalarini tahlil qilish va bajarilmaslik xavfining oldini olish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqilgan KPI'ni davlat ilmiy markazlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb etgan holda ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarida jamoatchilik asosida ekspert guruhlari tuziladi.
Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi:
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlar va davlat dasturlariga muvofiqligini va bog‘liqligini, shuningdek, ularning sohadagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligini va moliyalashtirish manbalarini aniqlashni hisobga olgan holda KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini doimiy nazorat qilish, ularning bajarilmaslik xavfining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ularning budjet mablag‘laridan foydalanishning maqsadli ko‘rsatkichlariga mosligini inobatga olish, shuningdek, KPI ko‘rsatkichlari bajarilishi natijalarini muntazam ravishda tahlil qilib borish.
Vazirlar Mahkamasining "Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.
Mavzuga oid

07:47 / 18.07.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

11:03 / 11.06.2025
Transport qiymatini baholash tartibi belgilandi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

18:36 / 11.12.2024