Jahon | 07:34 / 19.07.2025
1080
2 daqiqa o‘qiladi

Nemislarning atigi 22 foizi Mers davrida yaxshilanishlar haqida ma’lum qildi

So‘rovda qatnashgan har beshinchi nemis fuqarosi Fridrix Mers hokimiyat tepasiga kelganidan keyin mamlakatdagi vaziyat yaxshilangan deb hisoblasa, 32 foizi buning aksini bildirgan.

Foto: Michael Kappeler/dpa/picture alliance

Nemislarning atigi 22 foizi Fridrix Mers Germaniya kansleri lavozimini egallaganidan keyin mamlakatda vaziyat yaxshilanganiga ishonadi, respondentlarning 37 foizi esa hech qanday o‘zgarish sezmadi, 32 foizi Germaniyaning ahvoli shu vaqt ichida ancha yomonlashganini bildildi. Dpa agentligi tomonidan e’lon qilingan YouGov sotsiologiya instituti so‘rovi natijalari shundan dalolat beradi.

Yozgacha sezilarli yaxshilanishlarga erishish Mersning may oyida kansler lavozimini egallaganidan ko‘p o‘tmay bergan va’dalaridan biri edi, deya eslaydi dpa. Mersning yana bir so‘nggi bayonoti, uning hukumati so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yaxshi hukumatlardan biri bo‘lishi ham shubhalarni uyg‘otdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning atigi 17 foizi Mersning fikriga qo‘shiladi, 71 foizi bunga rozi emas yoki umuman qo‘shilmaydi.

Xristian-demokratik ittifoq va Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) tarafdorlari orasida yangi kansler siyosatidan qoniqish yuqoriroq: 54 foizi mamlakatdagi vaziyat yaxshilanganini, 11 foizi yomonlashganini, 28 foizi o‘zgarmaganini ko‘rmoqda. Mersning eng yaxshi hukumat haqidagi bayonoti XDI/XSI tarafdorlarini ajratdi: 44 foiz bunga qo‘shiladi, 41 foiz qo‘shilmaydi.

Saylovchilar kayfiyatiga eng katta ta’sir qilgan omillar orasida dpa nemis hukmron koalitsiyasining elektr energiyasi solig‘i bo‘yicha va’da qilingan pasayishni faqat qishloq xo‘jaligi va xususiy uy xo‘jaliklariga tatbiq etishni, xususiy uy xo‘jaliklari bundan mustasno bo‘lishi to‘g‘risidagi qarorini keltiradi. YouGov so‘rovi ishtirokchilarining atigi 23 foizi bu qadamni tushunarli deb topdi, 69 foizi esa tanqid qildi.

Mavzuga oid