Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azodagi Falastin hukumati: Eksklav aholisi ommaviy o‘lim yoqasida
Mintaqa zamonaviy tarixdagi eng yirik qirg‘inlardan biriga duch kelmoqda.

Foto: Anadolu Agency
G‘azodagi gumanitar vaziyat «og‘ir va o‘ta og‘ir», Isroil armiyasi barcha chegara o‘tish joylarini 140 kundan ortiq vaqt davomida to‘sib qo‘ydi, bu esa eksklav aholisini ommaviy o‘lim xavfi ostida qoldirdi.
Falastin hukumatining G‘azo sektoridagi matbuot xizmatiga ko‘ra, Isroil tizimli ravishda insonparvarlik yordami, oziq-ovqat, dori-darmon, bolalar ovqatlari va yonilg‘ining G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qilgan, bu esa asosiy hayot resurslarining tugashiga olib kelgan.
2,4 million aholi, jumladan, 1,1 million bolalar «genotsid, ommaviy qotillik va keng qamrovli ocharchilikka» duchor bo‘layotgani alohida ta’kidlangan.
«Dunyo G‘azo ocharchilik va genotsid tufayli vayron bo‘layotgan paytda harakatsiz o‘tiribdi», — deyiladi bayonotda. G‘azo sektori hukumati mintaqa «zamonaviy tarixdagi eng yirik qirg‘inlardan biri» bilan yuzlashganini ta’kidladi.
G‘azoliklar asosiy yashash vositalaridan allaqachon mahrum bo‘lgan. Non pishirish uchun zarur bo‘lgan un taqchilligi ayniqsa keskin — uning zaxiralari to‘liq tugadi va qora bozorda paydo bo‘ladigan unchalik katta bo‘lmagan un qimmatga tushadi va aholining ko‘pchiligi uni sotib ololmaydi.
2025 yil 2 martdan beri Isroil G‘azoga barcha chegara o‘tish joylarini to‘sib qo‘ygan. Oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berilmayapti. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, turli yoshdagi ko‘plab falastinliklar ochlik tufayli haddan tashqari charchoq alomatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan.
Mavzuga oid

15:03 / 22.07.2025
G‘azo sektorida deyarli har kuni gumanitar yordamga navbatda turganlar halok bo‘lmoqda

12:50 / 22.07.2025
Isroil kuchlari G‘azoda tinch aholini o‘qqa tutdi: 132 kishi halok bo‘ldi

12:06 / 22.07.2025
Belgiyada isroillik askarlar G‘azodagi jinoyatlari uchun hibsga olindi

23:30 / 21.07.2025