Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz “Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
6 oktabrda “Turkiston” saroyida yoshlar o‘rtasida “MIT.uz” milliy internet tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt muallif va ishlab chiquvchilari qatnashdi. Jumladan, “Keksalarni e'zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risidagi eng yaxshi sayt”, “O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini aks ettiruvchi eng yaxshi sayt”, “O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi eng yaxshi sayt”, “Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt” va boshqa yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi.
“Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasi tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bugun mamlakatimizda internet-jurnalistika sohasi jadal rivojlanib, veb-nashrlar o‘rtasida keng auditoriyani jalb qilish bo‘yicha raqobat tobora kuchayib bormoqda. Tanlovda ko‘plab yangiliklar saytlari ishtirok etgani ham shundan dalolat beradi. Ana shu nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshi sayti «Kun.uz» deb e'tirof etildi.
– Mamlakatimizda internet-jurnalistikani rivojlantirish, O‘znet saytlarining yoshlar uchun jozibadorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tanlovda g‘olib bo‘lganimiz milliy internet segmentini muhim va qiziqarli axborot bilan yanada boyitishga undaydi. – deydi «Kun.uz» yangiliklar sayti rahbari Maqsudjon Asqarov.
Yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, saytning bu darajada yuksak e'tirof etilishiga uning doimiy va keng qamrovli o‘quvchilarining ham hissasi benihoya kattadir.
Milliy internet tanlovi g‘olib va sovrindorlariga diplom va mukofotlar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

21:26 / 27.06.2025
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi

19:36 / 26.06.2025
Kun.uz muharriri Aziz Qarshiyev va siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov davlat mukofoti bilan taqdirlandi

20:16 / 29.01.2025
Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV

15:00 / 21.12.2024