Arseniy Yatsenyuk iste'fosidan keyin ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 14 aprel, ya'ni o‘z lavozimini tark etgan kunidan buyon ilk marta jamoatchilik oldida ko‘rinish berdi.
U o‘zining feysbukdagi sahifasiga o‘z oilasi bilan birga Kiyevga Pasxa bayramini nishonlash uchun yo‘l olganida tushirilgan suratlarni joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, Arseniy Yatsenyuk Ukraina bosh vaziri lavozimidan ketishini ma'lum qildi. 14 aprel kuni Oliy Rada parlament spikeri Vladimir Groysman boshchiligidagi yangi hukumat tuzilganini tasdiqladi.
Bundan oldinroq, Ukrainadagi nashrlar u iste'foga chiqqan kundan beri ko‘rinish bermagani, balki chet mamlakatga, masalan Argentinaga qochib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Biroq, uning matbuot kotibi Olga Lappo bu xabarlarni inkor qilgan.
Mavzuga oid

09:41 / 22.04.2025
Vashingtonda AQSh xavfsizlik vaziri o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi

21:47 / 20.04.2025
Kreml Pasxa munosabati bilan e’lon qilingan sulhni uzaytirishdan bosh tortdi

19:54 / 23.03.2025
AQSh Pasxagacha sulh bo‘yicha kelishuvga erishishga intilmoqda

00:16 / 17.02.2025