Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun hikmati: ZAHR VA QAHR

Ilonni har qancha qilsang tarbiyat,
Oxir zahrin sochib, yetkazar zahmat.
Nokas tabiati ilon kabidir,
Yuzin ko‘rmaslikka etgil harakat.
Aslida, naslida yovuzlik bo‘lsa, undan yaxshilik kutish qiyin. Uning yaxshilik niqobidagi «himmat»i ham og‘ir kechishi haq. Ilonsifat harakat, siringdan, nozik ishlaringdan voqif bo‘lish evaziga seni mag‘lub etish nokas niyati. Shuni sezdingmi undan uzoqlash degan o‘git Rudakiyning hayot haqiqatini badiiy haqiqatga o‘girish hissi bilan bog‘liq. Nokas birovni birovga yaxshilik qilayotganini ko‘rolmasligi aniq. Hatto, u birovning o‘ziga qilayotgan yaxshiligini ham ko‘rolmaydi. «Nimaga birov birovga yaxshilikni ravo ko‘rishi kerak»?-degan jumboqli savol unga tinchlik bermaydi. Chunki, u dunyoni faqat yovuzlik qobig‘ida ko‘radi. Uning yashash tarzi shu-yaxshilikka ham yomonlik, yomonlikka ham yomonlik.. Unga yaxshilikni ham, yomonlikni ham ravo ko‘rmasdan, undan uzoqlashish eng to‘g‘ri hukm ekanini uqtiradi adib. Shu tobda boshqa bir shoirning ushbu hikmati yodga keladi: «Yaxshiga qilsang yaxshilik ham aytadur, ham qaytadur, Yomonga qilsang yaxshilik na aytadur, na qaytadur»
Ezop rivoyatlaridan birida keltirilishicha, Zevs to‘y qilayotgan ekan. Hamma hayvonlar topganlarini unga sovg‘a qilib keltirishibdi. Ilon ham gul tishlagan kuyi sudralib kelibdi. Zevs ilonni ko‘rib, unga shunday debdi: men boshqalarning sovg‘asini qabul qilaman, ammo sening tishingdagi tuhfani olmayman. Masaldan xulosa shuki, yomonlarning yaxshiligida ham xatar bor.
Rudakiy ilonning zahri o‘z o‘rnida doru darmon, shifo bo‘lishi mumkin, lekin ilonsifat nokas zahri seni tuzalmas dardga giriftor qilishi haqligiga ishora qilib o‘tgan. Uzoq davrlardan beri tillardan tillarga o‘tib kelayotgan «Toshbaqa va chayon» masalidagi «zahar urmoq emish kasbi chayonning» degan hikmat ham bejiz emasligi ta'kidlanadi ruboiyda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?
O‘zbekiston | 16:43
-
Yozning jazirama kunlarida ayollar terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ayollar dunyosi | 16:35
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
Mavzuga oid

20:45 / 03.10.2017
Tojikistondagi tumanlardan birida 58 dehqon xo‘jaligi yo‘qolgan

09:46 / 13.07.2016
Kun hikmati: FARZAND TARBIYaSI

10:33 / 12.07.2016
Kun hikmati: ShUKR, ZIKR, FIKR

10:15 / 01.07.2016