Reuters: Turkiya tankerlar o‘tishi uchun Bosforni yopib qo‘ydi

Foto: Mota
Turkiya hukumati Bosfor bo‘g‘ozini tankerlar o‘tishi uchun yopib qo‘ydi, deb xabar bermoqda bo‘g‘oz operatori GAC’ga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bo‘g‘oz 16 iyulga o‘tar kechasi mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin "xavfsizlik nuqtai nazaridan" yopib qo‘yildi.
Turkiyada 15 iyuldan 16 iyulgacha o‘tar kechasi harbiy to‘ntarishga urinish amalga oshirildi. Anqaradagi Turkiya parlamenti binosiga ikkita bomba tashlangan, Anqara va Istanbuldagi to‘qnashuvlarda kamida 60 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

12:20
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025