Turkiya bosh vaziri davlat to‘ntaruvi harakati tashkilotchilarini terrorchilardan-da yomon deb hisoblaydi

Foto: Anadolu
Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatining ishtirokchilari Anqara terrorchi tashkilot deb hisoblovchi - mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) a'zolaridan-da yomon, deya ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.
“Davlat puliga davlat quroli, bombasi, tanklari, samolyotlari, vertolyotlari bilan o‘z fuqarolarga qarata o‘t ochgan kishilar KIPning terrorchilaridan-da yomon va razil”, - dedi Yildirim jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi harbiylardan iborat guruh mamlakat hukumatini qo‘lga olishga harakat qildi. Istanbul va Anqara ko‘chalariga harbiy texnikalar chiqdi. Shahar ichida olib borilgan to‘qnashuvdan keyin Milliy razvedka tashkiloti vakili Nuh Yilmaz hamda mamlakat prezidenti Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntaruv harakatiga barham berilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

12:20
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025