Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurning birinchi raqamli xonimi Mishel Obama bilan uchrashuvga 11 dollarli sumka bilan keldi

Foto: © AFP
Singapur bosh vazirining turmush o‘rtog‘i Xo Chin AQShning birinchi raqamli xonimi Mishel Obama bilan uchrashish uchun Oq uyga jamoatchilikning e'tiborini tortgan antiqa sumka bilan tashrif buyurdi.
Gap oq rangli dinozavrlar aks etgan to‘q ko‘k klatch haqida ketmoqda. OAVning ma'lum qilishicha, aksessuar bahosi atigi 11 dollar bo‘lgan.
Xo Chin Oq uy uchun bejiz bu klatchni tanlamagan - uning dizaynini Singapurdagi Pathlight School maktabi (autizm kasalligiga chalingan bolalar maktabi) o‘quvchisi Sito Sheng Ji ishlab chiqqan.
Xo Chinning dino-sumkali suratlari barcha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, o‘quvchilarning ijod mahsullarini sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘kon esa shu darajada ko‘p buyurtmalar oldiki, xaridorlar navbatga turishiga to‘g‘ri keldi.
Shunisi diqqatga sazovorki, Mishel Obama uchrashuvga asli hind millatiga mansub amerikalik dizayner Nim Xon yaratgan yorqin sariq rangli ko‘ylakda kelgan.
Mavzuga oid

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56