Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk britaniyalik ayol ajrim xarajatlari uchun to‘y ko‘ylagini sotmoqda

Buyuk britaniyalik ayol ajrim xarajatlarini to‘lash uchun eBay orqali to‘y ko‘ylagini sotuvga qo‘ydi. Bu haqida WGN xabar berdi.
"Sobiq erim qoldirgan ajrim xarajatlarini to‘lash zarurati yuzasidan to‘y ko‘ylagimni sotuvga qo‘yaman", - deyiladi e'londa.
Ayol ko‘ylakning juda yaxshi saqlanganligini qo‘shimcha qilgan. Biroq "xiyonat isini chiqarib tashlash uchun" uni kimyoviy tozalab yuborish kerak.
"Agar sizga yoqimsiz xotiralar va barbod bo‘lgan umidlar bilan bog‘liq ko‘ylak kerak bo‘lsa, u holda uni xarid qiling", - deb yozadi ayol.
Hozirgi vaqtda ko‘ylakning bahosi deyarli - 66 ming funt.
Mavzuga oid

10:06 / 19.07.2025
Germaniya va Buyuk Britaniya strategik shartnoma imzoladi

07:20 / 16.07.2025
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

07:30 / 15.07.2025
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi

22:37 / 13.07.2025