Turkiya bosh vaziri Rossiya tomonidan Injirlik aviabazasi ishlatilishi mumkinligini aytdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Rossiya Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasidan foydalanish iltimosi bilan murojaat qilmaganini, biroq agar zarurat bo‘lsa u bu bazadan foydalanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
"Bu axborot noto‘g‘ri, biroq zarurat bo‘lsa, Injirlik bazasi qo‘llanishi mumkin", deb aytdi Yildirim Rossiya Injirlik aviabazasidan foydalanish haqida so‘ragani haqidagi savolga javoban.
Yildirim Rossiyada bu bazadan foydalanishga ehtiyoj borligi dargumonligini aytdi.
"Undan AQSh va Qatar foydalanmoqda. Boshqa davlatlar ham bu bazadan foydalanishi mumkin. Rossiyaga kelsak, bunday murojaat olinmagan. Fikrimcha, bunga unda hojat ham yo‘q. Chunki Suriyada ikkita baza bor. Masofadagi farq 100-150 km ni tashkil qiladi", deb tushuntirdi Yildirim.
Avvalroq Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada jangarilarga zarba berish uchun Eronning Xamadan aerodromidan foydalanishni boshlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36 / 29.04.2025
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08 / 29.04.2025
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27 / 29.04.2025