App Store dasturlar do‘koni eski dasturlardan tozalanadi

Illyustrativ surat
Apple kompaniyasi 7 sentabrda App Store dasturlar do‘konini eski va ishlamaydigan dasturlardan tozalashni boshlashini ma'lum qildi.
Do‘kon ma'muriyati barcha toifadagi dasturlarni ular soz ishlayotgani, tavsiyalarga to‘g‘ri kelishi va eskirib qolmaganiga ishonch hosil qilish uchun tekshiradi. Kompaniyada ochilmaydigan dasturlar darhol o‘chirilishi aytildi.
Agar mos kelmasliklar aniqlansa App Store rahbariyati bu dasturlar egalariga xatolarni tuzatish uchun 30 sentabrgacha vaqt beradi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, App Store’dan dasturlarning o‘chirilishi foydalanuvchilarning qurilmalariga o‘rnatilgan dasturlarga ta'sir qilmaydi.
Mavzuga oid

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

21:17 / 10.04.2025