Bo‘shab qolgan Hangjou
4-5 sentabr kunlari Xitoyning Hangjou shahrida dunyoning yigirmata eng yirik davlatini jamlovchi G20 sammiti bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilingan edi. Shu munosabat bilan, Xitoyning tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan va turli ma'lumotlarga ko‘ra, 8-15 million kishi istqomat qiluvchi shahri anjuman kunlarida deyarli kimsasiz bo‘lib qoldi, deyish mumkin.
Ko‘plab do‘konlar va oshxonalar yopilgan, odatda tirband bo‘lgan ko‘chalarda onda sonda mashina va mopedlar kuzatilgani jurnalistlar va blogerlar e'tiborini tortgan.
Buning sababi, mahalliy hukumat vakillarining sammit ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlash maqsadida qator choralarni ko‘rganidir. Shaharning ko‘pgina fuqarolari haq to‘lanadigan ta'tillar va yoki 500 yuanlik sayyohlik vaucherlaridan foydalanib, shaharni tark etgan.
Biroq, shaharning barcha aholisi chiqib ketdi deyish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Ayrimlari, shahar ko‘chalarining noodatiy kimsasizligini suratlarga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Mavzuga oid

00:46
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025