Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mavjud muammolarni hal qilishga tayyor

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu haqida Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma'lum qildi.
Abdulaziz Komilov juma kuni bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Bishkekka tashrif buyurdi. Komilov Qirg‘iziston prezidenti bilan kechgan uchrashuvda O‘zbekistonning qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarini o‘zaro hurmat va qo‘shnichilik an'analariga tayangan holda ijobiy notalarda boshlashga tayyor ekanini bildirdi.
"Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini faollashtirishda tomonlarning manfaatdorligi va mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarni konstruktiv muloqot yo‘li orqali hal qilishga jiddiy siyosiy yondashuv mavjudligi tasdiqlandi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek TIV rahbari Abdulaziz Komilov Atambayevga O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.
Mavzuga oid

08:00
Qirg‘izistonda mol va qo‘y go‘shti narxi davlat nazoratiga olindi

22:16 / 11.08.2025
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi

13:59 / 11.08.2025
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

07:57 / 09.08.2025