Delta Airlines samolyoti Samsung planshetining yonib ketishi tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Detroytdan Amsterdamga parvoz qilayotgan Delta Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samsung planshetining yonib ketishi tufayli Manchester aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqida ABC News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, planshet jismoniy ziyon yetishi natijasida yonib ketgan. Qurilma yo‘lovchi o‘rindig‘ining o‘rtasiga tushib ketgan va suyanchiqning holati to‘g‘irlanayotganda siqilib qolgan. Ziyon yetgan planshet darhol qizib ketgan. Suyanchiq to‘g‘irlanayotganda siqilib qolganidan keyin u tutab, o‘tkir hid tarata boshlagan.
Bundan xabar topgan uchuvchilar samolyotni Manchesterda favqulodda qo‘ndirishga qaror qilishgan. Bu yerda planshetdan xalos bo‘lingan hamda yo‘lovchi o‘rindig‘i almashtirilgan.
Ikki soatli "tanaffus"dan keyin samolyot Amsterdam sari parvozini davom ettirgan. ABC News nashriga ko‘ra, yonib ketgan Samsung plansheti Koreya kompaniyasining qaytarib olingan qurilmalari sirasiga kirmagan.
Mavzuga oid

17:41 / 25.04.2025
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

16:53 / 11.04.2025
Vashingtonda bortida kongressmenlar bo‘lgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi

19:00 / 28.03.2025