Sport | 12:35 / 13.10.2016
5722
2 daqiqa o‘qiladi

Peti Fransiya prezidenti so‘zlariga javob qaytarib, siyosatchilarni qattiq aybladi

Fransiya terma jamoasi safida Yevropa va jahon chempioni bo‘lgan sobiq futbolchi Emmanuel Peti futbolchilarning aqliy qobiliyatlariga shubha bildirgan prezident Fransua Ollandga javob qaytardi.

«Bu meni qattiq ranjitdi, ammo men hayron bo‘lganim yo‘q. Biz sportchilarni, futbolchilarni «hurmatli» siyosatchilarimiz o‘z marhamatlari bilan boshlarimizni egib kelishadi.

Men siyosatchilarga nafaqat miya uchun mashg‘ulotlar, balki siyosiy saboqlar darsini ham tayin qilgan bo‘lardim. Ayniqsa, aqliy halollik darslari, bu orqali ular halol ishlay boshlashgan bo‘larmidi?

Siyosatchilar o‘z kursilaridan turib, fransuz xalqi orasiga kelsa, bu juda soz bo‘lardi. 

Biz futbolchilar xalqning savollariga javob bera olmaymiz. Lekin, futbolchilar siyosatchilardan farq qilgan holda o‘zlari pul ishlab topishadi va o‘zgalar hisobiga yashashmaydi.

Bu shuni anglatadiki, biz odamlarni shilmaymiz, biz o‘z pulimizni halol topamiz», — degan Peti.

Bundan oldinroq, Olland futbolchilarning aqliy qobiliyatlariga shubha bildirishi ma'lum bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid