O‘zbekiston | 16:33 / 14.10.2016
12897
1 daqiqa o‘qiladi

XDP Qurultoyi O‘zbekiston Prezidentligiga Hotamjon Ketmonov nomzodini tasdiqlandi

Foto: xdp.uz

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi qurultoyi delegatlari O‘zbekiston Prezidentligi uchun Hotamjon Ketmonov nomzodini ko‘rsatish fikrini ma'qullashdi. Partiya qurultoyi 14 oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston viloyatlari, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahridan kelgan 98 nafar delegat ishtirok etdi. 

Qurultoy ishida qatnashgan Hotamjon Ketmonov o‘zining saylovoldi dasturi bilan ma'ruza qilib, davlat rahbarligiga saylansa, qanday siyosat yuritishiga to‘xtalgan. 

Qurultoy yakuniga ko‘ra, delegatlar O‘zbekiston Prezidentligi uchun Hotamjon Ketmonov nomzodini ilgari surishni tasdiqlashdi. Shu bilan birga, partiya davlat rahbarligiga nomzodni ilgari surish uchun talab etilgan imzolar to‘plangani qayd etilgan. 

Mavzuga oid