Rossiya tarafdorlari va raqiblari GFRning Berlindagi idorasi yonida to‘planishdi

Foto: Twitter.com/ Sham Center
Rossiya tashqi siyosatining tarafdorlari va raqiblari Berlindagi "Normand to‘rtligi" uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan federal kansler idorasi yonida to‘planishdi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.
"Rossiya — NATO ekspansiyasi, imperializm ekspansiyasiga qarshi chiqayotgan yagona mamlakat", - deya namoyish tashkilotchisining so‘zlarini keltiradi agentlik. Ma'lum bo‘lishicha, namoyish tashkilotchisi - Germaniyaning "Onalar urushga qarshi: Berlin Brandenburg" uyushmasi rahbari Brigitta Kvekk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tarafdorlari Minsk kelishuvi bo‘yicha Ukrainaning o‘z majburiyatlarini bajarmayotganiga e'tiborni jalb etish maqsadida to‘planishgan.
Bundan tashqari, yig‘ilganlar Suriyadagi vaziyatga o‘z munosabatlarini bildirishdi.
"Biz AQSh va ularning Yugoslaviya hamda Liviyadagi ittifoqdoshlarining bir tomonlama harakatlari nimaga olib kelganini ko‘rdik. Rossiya hozirda xuddi shu ssenariyning Suriyada takrorlanishiga qarshi chiqmoqda", - dedi namoyish tashkilotchisi.
Aktsiya ishtirokchilari o‘zlari bilan birga Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlovchi plakatlar, Rossiya va Suriya hukumati bayroqlarini olib kelishgan, shu bilan birga vaqti-vaqti bilan "Yashasin Rossiya!" degan hayqiriqlar eshitilmoqda.
Rossiya tashqi siyosatining raqiblari esa Ukraina bayrog‘i va Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar bilan namoyon bo‘lishdi.
Mavzuga oid

10:11 / 28.03.2025
Isroilda hukumatga qarshi namoyishlar qayta boshlandi

09:30 / 28.03.2025
Turkiyadagi norozilik namoyishlari: 1900 ga yaqin kishi qo‘lga olindi

09:34 / 25.03.2025
Turkiyadagi namoyishlar: 1100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

15:06 / 08.02.2025