CNN Klintonni ayblagan kongressmen bilan jonli efirda keskin chora ko‘rdi

Foto: Youtube/Oliver Siedes
AQShning CNN telekanali Respublikachilar partiyasidan kongressmen Kris Kollinz bilan jonli efirda olib borgan muloqotini kutilmaganda uzib qo‘ydi. Bunga, Kollinzning AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonni yolg‘onchi deb atagani sabab bo‘ldi, deya xabar qilgan Heavy nashri.
Nyu York shtatidan kongressmen Kollinz jonli efirda CNN boshlovchisi Kris Kuomoning savollariga javob berayotgan edi. U, Klintonni yolg‘onchilik va ikkiyuzlamachilikda ayblab, WikiLeaks sayti hamda Klinton shtabi rahbari Jon Podestaning maktublarini yodga olishi bilan kutilmaganda telekanal u bilan aloqani yo‘qotgan.
«Voy yo‘q! Ko‘ramiz, biz kongressmen Kollinzni efirga qaytara olamizmi? Biz u bilan aloqani yo‘qotdik, bu yaxshi emas», — degan boshlovchi u bilan aloqa yo‘qolgach.
Reddit ijtimoiy tarmog‘ining yangiliklar sayti foydalanuvchilari CNN buni qasddan amalga oshirgani xususida fikrlar bildirgan. Ular shuningdek, telekanalni va AQShning boshqa yetakchi OAVni bir yoqlamalikda va faqat demokratlar hamda Klinton fikrlarini targ‘ib qilishda ayblashgan.
Mavzuga oid

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025