Jahon | 19:02 / 21.10.2016
4868
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada ommaviy tartibsizliklar ortidan 1,6 mingdan ziyod kishi hibsga olindi

Foto: express-k.kz

Efiopiya hukumati favqulodda holat e'lon qilinishiga sabab bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar tufayli 1,6 mingdan ziyod kishini hibsga oldi. Bu haqda Britaniyadagi nashrlar xabar berdi.

Hukumatning talqinicha, hibsga olinganlar Efiopiyada sodir etilgan “zo‘ravonliklarda gumon qilinganlar”hisoblanadi. Mamlakat xavfsizlik xizmatining tasdiqlashicha, ma'lum bir miqdorda o‘qotar qurollar ham qo‘lga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining boshida Efiopiyada 6 oy muddatli favqulodda holat e'lon qilingan edi. Bunga sabab tartibsizliklar keltirib chiqargan, ommaviy aksilhukumat aksiyalari sabab bo‘lagandi.

 

Mavzuga oid