Fan-texnika | 09:47 / 23.10.2016
3811
1 daqiqa o‘qiladi

Sharp kompaniyasi Yaponiyadagi ikkita zavodini yopadigan bo‘ldi

Foto: © Kyodo

Sharp kompaniyasi 2017 yilda Yaponiyadagi ikkita zavodini yopadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Nikkei axborot agentligi. 

Bu chora Foxconn boshchiligida o‘tkazilayotgan kompaniya sarf-xarajatlarini optimallashtirish dasturi bilan bog‘langan.

Ma'lum qilinishicha, kompaniya Xirosima prefekturasidagi Mixara shahrida joylashgan yorug‘lik diodlari va  yarim o‘tkazgichli lazerlar ishlab chiqaruvchi va Tochigi prefekturasidagi televizorlar uchun suyuq-kristalli displeylar ishlab chiqaruvchi zavodlarini yopadi.

Mixaradagi zavoddagi ishlab chiqarish va xodimlar Xirosima prefekturasida joylashgan Fukuyamadagi zavodga ko‘chiriladi. Fukuyamadagi zavod ham Apple smartfonlari uchun kamera detallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

 

Mavzuga oid