Jahon | 22:47 / 26.10.2016
12381
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning Gollivudda shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi buzib tashlandi

Foto: Dominic Patten/Deadline

Gollivudda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga atalgan yulduz buzib tashlandi. Bu haqda 26 oktabrda Deadline nashri xabar berdi

Buni Jyeymi Otis ismli mahalliy aholi vakili qilgan. Erkakning aytishicha, u yulduzni yerdan chiqarib olib, auksionda sotmoqchi bo‘lgan. U tushgan pulni Trampni jinsiy tajovuzlarda ayblayotgan ayollarga bermoqchi bo‘lgan.

Otis Gollivud xiyoboniga soat 05:45da bosqon (kuvalda) va kirka bilan kelib, ishga kirishib ketgan. Bu vaqtda ko‘chada odamlar kam bo‘lgan, politsiyachilar esa umuman bo‘lmagan. Unga bir necha piyodalar e'tibor qaratgan, biroq qarshilik ko‘rsatishmagan. Otis yulduzni sug‘urib ololmagan, chunki uni sindirib tashlagan.

Bu Tramp yulduziga birinchi tajovuz emas: yanvar oxirida noma'lum kimsalar yulduzning chap tomonida fashistlar belgisi – svastika chizib ketishgan. Iyunda Trampning gaplariga norozilik sifatida yulduzcha ustidan chizib tashlangan megafon (baland gapirgich) surati chizib ketilgan. Ikkala holda ham yulduz tezda avvalgi holatiga keltirilgan edi.  

Trampning nomi tushirilgan esdalik belgisi 2007 yilda Dolby kinoteatri yonida o‘rnatilgan: bo‘lg‘usi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod The Apprentice teleshousida boshlovchi bo‘lgani uchun mukofotlangan.

Mavzuga oid