Wikileaks: Obama Klinton elektron pochtasi borasida yolg‘on gapirgan

Foto: minval.az
AQSh prezident Barak Obama sobiq davlat kotibi Hillari Klinton xizmat yozishmalarini amalga oshirish uchun xususiy serverdan foydalanganini bilmagani xususida yolg‘on guvohlik bergan. Maxfiy ma'lumotlarni chop etib keluvchi Wikileaks sayti shunday fikrda.
Tashkilotning Tvitterdagi e'loniga ko‘ra, Klinton atrofidagilarning «yangi maktublari» «Obama Klintonning shaxsiy elektron pochta manzilidan foydalanganini bilmasligi haqidagi da'volari yolg‘on ekanini ko‘rsatadi».
Wikileaks o‘z bayonotini isbotlash maqsadida 2015 yil 7 martida Sheril Millzning Jon Podestaga yo‘llagan maktubini keltiradi. Millz 2009-2013 yillarda Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lgan vaqtda, Davlat kotibi apparati rahbari bo‘lgan.
Tashkilot e'lon qilgan maktub bir qator gapdan iborat: «Biz buni tozalashimiz kerak; unda (Barak Obamada) state.gov deb yozilmagan elektron pochta orqali Klinton yuborgan maktub bor».
AQSh davlat departamenti state.gov domen nomini ishlatadi. Shunga ko‘ra, Amerika tashqi siyosat mahkamasi barcha xodimlarining elektron pochta manzillari ayni shu so‘zlar bilan yakunlanadi.
Avvalroq, AQSh prezidentligi uchun respublikachilar nomzodi Donald Tramp Amerika yetakchisi Barak Obamaga nisbatan Hillari Klinton yozishmalari bo‘yicha tergov boshlashni taklif qilgan edi.
Mavzuga oid

12:57
Mers Tramp bilan suhbatdan keyin: Rossiyaga bosimni kuchaytirish kerak

12:49
Rossiya TIV: AQSh munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni bekor qildi

09:10
Tramp Yaqin Sharq tufayli G7 sammitini zudlik bilan tark etdi

08:52