Jahon | 16:19 / 07.11.2016
12229
2 daqiqa o‘qiladi

G‘ayritabiiy iqlim harorati 2025 yilga borib oddiy holga aylanadi

Foto: The Guardian

Iqlimshunoslar 2040 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilari kamaymasa, g‘ayritabiiy iliq qish va haddan ziyod issiq yozgi mavsumlar 2025 yilga borib, oddiy holga aylanishi haqidagi xulosaga kelishdi. Bulletin of the American Meteorological Society jurnalida shu haqida maqola chop etildi.

"Agar shu yo‘sinda davom etaversa, Avstraliyadagi 2013 yilgi rekord darajadagi issiq harorat (havo harorati Tselsiy bo‘yicha 50 darajaga yetgan va oktabr oyida tog‘larda yong‘inlar avj olgan, bu insonlar salomatligiga juda salbiy ta'sir ko‘rsatgan) 2035 yilga borib, bu mamlakat uchun oddiy holga aylanadi", - dedi Kanberradagi Avstraliya Milliy universitetidan Sofya Lyuis. 

Lyuis va uning hamkasblari insoniyat hattoki barcha iqlimiy shartlarni bajarsa ham, o‘tgan yildagi rekord darajadagi iliq haroratga o‘xshash yangi iqlim rejimidan qochib bo‘lmasligi haqidagi xulosaga kelishdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, insoniyat tomonidan tabiat shartlarining bajarilishi halokatni 10-15 yilga kechiktiradi, xolos.

Mavzuga oid