Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8-10 noyabr kunlari "O‘zekspomarkaz"da birinchi Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Sochnaya dolina
Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasida o‘ttizdan ortiq mamlakatdan 150 qayta ishlovchi kompaniya, savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, tegishli vazirliklar va idoralar, logistik kompaniyalar ishtirok etdi.
InterSok kompaniyalar guruhi yarmarkada Viko, "Sochnaya dolina", Pro100sok savdo markalari, quritilgan sabzavotlar, ziravorlar va ingridiyentlar, shuningdek InterSok kompaniyalar guruhiga kiruvchi «Green Agro Food» MChJ tomonidan yetishtiriluvchi sarxil meva va sabzavot mahsulotlari bilan qatnashdi.


4-raqamli pavilondagi stendimizda nafaqat Viko, "Sochnaya dolina" va Pro100sok savdo belgilari sharbatlarining mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish, yetkazib berish va yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishtirildi, balki ularning betakror mazasidan bahra olishga imkoniyat ham yaratildi.

U yerda qiziqarli viktorinalar va tanlovlar o‘tkazildi, ishtirokchilarga esa InterSok'dan mazali va foydali sovg‘alar, shuningdek hamkorimiz JOY Bowling Club'dan (https://www.facebook.com/JoyBowlingClub/) supersovg‘a taqdim etildi.


Toshkent Barmenlar uyi (https://www.facebook.com/uzbarmen/) tomonidan uyushtirilgan bayramona shou, shuningdek Viko hamda "Sochnaya dolina" savdo belgilarining sharbatlari va nektarlaridan kokteyllar tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi tashrif buyurgan mehmonlarni befarq qoldirmadi.


Bu hali hammasi emas. O‘zbek estradasi yulduzlari Ulug‘bek Rahmatullayev va Shahzoda o‘zlarining yorqin ishtiroklari bilan stendimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlashdi. Bundan tashqari tashrif buyurganlar Rio-de-Janeyrodagi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ruslan Nuriddinov bilan ko‘rishib, suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasiga sertifikatlarni topshirish marosimi ajoyib yakun yasadi - kompaniyamiz "Meva va sabzavot mahsulotlarining eng yaxshi yetishtiruvchisi va qayta ishlovchisi" nomini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

19:00 / 07.07.2025
SEVEN DATES PREMIUM: inqilobiy Italiya sog‘liq uchun ichimligi MDH bozorida

14:22 / 10.06.2025
Baykalortida o‘zbek meva-sabzavotlarini qabul qiluvchi markaz tashkil etiladi

16:26 / 02.06.2025