Hindistondagi poyezd halokati oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 90 nafardan oshdi

Hindiston shimolida harakatlanish chog‘ida yo‘lovchi poyezdning 14 vagoni izdan chiqib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 91 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 150 nafardan ortiq kishi jarohatlangan.
Xabar qilinishicha, hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
«Biz tungi soat 3da qattiq silkinishdan uyg‘onib ketdik. Bir qancha vagonlar izdan chiqib, ag‘darilgan, odamlar karaxt ahvolga tushgandi. Men ko‘plab jonsiz jasadlarni ko‘rdim»,— degan halokatdan omon qolgan yo‘lovchilardan biri.
Hodisa Pukrayan shahri yaqinida ro‘y bergan. Hodisa sababi aniq emas, ba'zi manbalarga ko‘ra, relsdagi buzilishlar halokatni keltirib chiqargan.
Bundan oldinroq, ushbu hodisa 63 kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

19:08 / 09.06.2025
Hindistonda harakatdagi poyezddan tushib ketgan 6 kishi halok bo‘ldi

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

08:48 / 16.05.2025