Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seuldagi hukumatga qarshi marshda 1,5 million kishi qatnashadi

Foto: Reuters
Janubiy Koreyaning amaldagi prezidenti Pak Kin Xega qarshi norozilik marshi shanba kuni rekord darajadagi ko‘p insonni o‘ziga jamlashi mumkin. Tashkilotchilarining taxminicha, shahar ko‘chalariga 1,5 millionga yaqin inson chiqishi kutilmoqda.
Shanba kungi aksiya hisob bo‘yicha beshinchisi bo‘ladi. Unda avvaldagi kabi Janubiy Koreyaning uchta muxolif partiyasi, shuningdek, 1,5 mingdan ortiq jamoat tashkilotlari vakillari qatnashadi.
Biroq “Renxap” agentligining ta'kidlashicha, norozilik namoyishida ishtirok etuvchilarga birinchi marta mamlakat prezidenti qarorgohiga 200 metr yaqin masofaga kelish ruxsat berilgan. Bu esa huquq-tartibot idorasi xodimlari xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Janubiy Koreya politsiyasi xavfsizlikni nazorat qilish uchun 25 ming xodimdan foydalanish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Pak Kin Xe atrofidagi siyosiy mojaro, o‘nlab prezident ma'ruzalari ommaga o‘qilishidan avval sizib chiqqani sabab boshlangan.
Mavzuga oid

13:16 / 01.08.2025
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025
Vatanning go‘yo bir parchasi: Koreyadagi o‘zbek mahallasidan reportaj

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025