Hindistondagi qamoqxonadan 5 nafar mahbus olib qochildi

Foto: AP
Hindistonning Nabxa deb nomlanuvchi qamoqxonasiga qurollangan o‘nlab odamlar hujum qildi va u yerdan besh nafar mahbusni ozodlikka chiqarib yuborishdi. Bu haqda ANI agentligi xabar bermoqda.
"Nabxa qamoqxonasiga qurolli hujum qilgan o‘n nafar erkak politsiyachi kiyimida bo‘lgan. Ular 100 marta o‘q uzishgan. Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda, surishtiruv olib borilyapti", — deb xabar bermoqda agentlik Twitter’dagi o‘zining rasmiy sahifasida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, politsiya va harbiylar mamlakat shimolida joylashgan Anantnag okrugi, Paxalgam shahrida qidiruv ishlarini olib borishmoqda.
Mavzuga oid

21:10 / 13.06.2025
Hindistonda Dreamliner qulashi: aviahalokat sababi nima bo‘lishi mumkin?

18:43 / 12.06.2025
OAV Hindistondagi aviahalokatdan bir kishi omon qolgani haqida xabar berdi

17:07 / 12.06.2025
Shavkat Mirziyoyev samolyot aviahalokati yuzasidan Hindiston rahbariyatiga ta’ziya bildirdi

14:03 / 12.06.2025