Isroilning Hayfa shahrida yong‘inlar tufayli 130dan ortiq kishi jarohatlandi

© AFP
Isroilda bir haftadan buyon avj olgan yong‘inlar fonida Hayfa shahrida 132 kishi turli darajada jarohatlar olgan. Bu haqda "Gaarets" gazetasi xabar berdi.
Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonaga keltirilganlarning aksari tutundan dimiqqan va bu ularning hayoti uchun jiddiy xavf emas.
O‘tgan haftada Isroilning bir qancha hududlarida bir vaqtda yirik o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘inlar Quddus shahri yaqinidagi Nataf tumanida ham avj olgan. Shuningdek, Tel-Aviv va Quddus shaharlari o‘rtaligida joylashgan Latrun tumanida ham daraxtlar va butalar yonmoqda. Mamlakat shimolidagi Hayfa, Xadera va Zixron-Yaakov shaharlari atrofida og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Bir qator tumanlarda favqulodda vaziyat joriy etilib, aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Isroilga yong‘inga qarshi kurashda o‘z yordamlarini Rossiya, Gretsiya, Italiya, Xorvatiya, Kipr, Ispaniya, Turkiya va Ozarboyjon kabi davlatlar taklif qilgan.
Mavzuga oid

07:51
BMT maxsus ma’ruzachisi Isroildan G‘azodagi ommaviy qotilliklarni to‘xtatishni talab qildi

20:03 / 27.04.2025
Hamas G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025