Jahon | 16:26 / 18.12.2016
5517
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarmoqda

Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Yukiya Amano Eron tomonidan yadroviy shartnoma bo‘yicha barcha majburiyatlarning bajarilayotganini tasdiqladi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi. 

"Eron yadroviy shartnoma bo‘yicha belgilangan barcha majburiyatlarni bajarmoqda va bu juda muhim", - dedi u. 

Shuningdek u Eron atom energetikasi vaziri Ali Akbar Solihga kelishuvni amalga oshirish borasidagi ijobiy tendensiyalar kelgusida ham saqlanib qolishiga umid bildirdi. 

 

Mavzuga oid