Xitoyda jonli efirda o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak to‘xtatib qolindi
Xitoyning Anxoy viloyati politsiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlardan birida jonli translyatsiya olib borish vaqtida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni to‘xtatib qolishdi, deb xabar bermoqda Global Times.
Ma'lum qilinishicha, voqea Xefey shahrida yuz bergan. Sun familiyali mahalliy 52 yoshli erkak o‘zining sobiq dugonasiga sms-xabar orqali o‘z joniga qasd qilmoqchiligini va buni jonli efirda namoyish qilish istagini bildirgan.
Ayol politsiyaga bu erkak bilan ko‘plab janjallar tufayli munosabatlarni uzganini aytgan.
Chaqiriq bo‘yicha yetib kelgan politsiyachilar erkak katta miqdorda uxlatuvchi dori yutib yubormoqchi bo‘lganda uni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mavzuga oid

00:46
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025