AQShdagi eng qari arslon o‘ldirildi

AQShdagi eng qari arslon Filadelfiya hayvonot bog‘ida evtanaziya qilindi, deb xabar berdi Associated Press.
Hayvonot bog‘i vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli Zenda laqabli jonivor avvaliga harakatlanishda qiynalgan, so‘ng uning o‘zini tutishi o‘zgargan. Shundan keyin jonivorni evtanaziya qilish haqida qaror qabul qilindi.
Bog‘ rahbariyatining ta'kidlashicha, Zenda tashrif buyurgan tomoshabinlarda juda katta qiziqishga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, sherlar taxminan 17 yil yashashi ham xabar qilindi.
Ma'lumot uchun, Zenda Janubiy Afrikadagi Yoxannesburg hayvonot bog‘ida 1991 yilda dunyoga kelgan. U ikki yildan so‘ng Filadelfiyaga yana uchta boshqa sherlar bilan birga olib kelingan.
Ta'kidlanishicha, Filadelfiya hayvonot bog‘ida ayni damda yana oltita afrika sheri bor.
Mavzuga oid

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

11:30
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi

10:15
🔴 LIVE: Eron AQSh bilan to‘qnashadimi?

01:54