Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh o‘tgan yili 7ta davlatga 26 mingdan ortiq bomba tashlagan

AQSh 2016 yilda jahonning yetti davlatida 26171 ta bomba tashladi, deb yozadi tashqi siyosat va milliy xavfsizlik bo‘yicha amerikalik mutaxassis Mika Zenko xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengash saytida.
AQSh Suriyada 12 192 bomba, Iroqda - 12 095, Afg‘onistonda – 1337, Liviyada – 496, Yamanda – 34, Somalida – 12 va Pokiston hududida uchta bomba tashlagan.
Zenkoning ta'kidlashicha, bu raqamlar pasaytirib ko‘rsatilgan ham bo‘lishi mumkin, sababi aniq ma'lumotlar faqatgina Pokiston, Yaman, Somali va Liviya bo‘yicha bor. Bitta aviazarbada esa bir necha bombadan foydalanish mumkin.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘tgan yili 2015 yilga qaraganda 3027 ta kamroq bomba tashlagan. Bundan tashqari, Liviya avvalgi ro‘yxatda bo‘lmagan.
Zenko va uning hamkasbi Jyennifer Uilson Suriya va Iroq bo‘yicha ma'lumotlarni Pentagon hisobotlari hamda internet orqali yig‘ishgan. Ularning aniqlashicha, AQSh 2016 yilda IShID obektlariga aviazarbalar bergan koalitsiya kuchlari tarkibida eng ko‘p bomba tashlagan – 79 foiz. Bu holat “Qaytmaydigan qaror” amaliyoti davomida yuz bergan.
IShID bilan kurash olib boruvchi koalitsiya dekabr boshida matbuot-relizini taqdim etdi. Unda amaliyot davomida tinch aholi vakillaridan 173 kishi halok bo‘lgani tan olingan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:34
AQSh Venesuela prezidenti Maduroni narkokartel rahbari deb atadi

12:56