Afg‘onistonda terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi

Kamida 7 kishi xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘ldi. TOLO News xabariga ko‘ra, Lashkargoh shahridagi xavfsizlik xizmati binosi oldida portlash ro‘y bergan.
Mahalliy politsiya boshlig‘ining ma'lum qilishicha, Hilmand viloyati markazi bo‘lmish bu shaharda xavfsizlik kuchlari va jangarilarning vakillari o‘rtasida sulh tuzish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilayotgan vaqtda portlash sodir bo‘lgan.
Hozircha bu portlash uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

09:30 / 24.04.2025
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi

20:43 / 17.04.2025