Andrey Karlov o‘ldirilgan ko‘rgazmalar zaliga uning nomi berildi
Anqaradagi Zamonaviy san'at markazidagi ko‘rgazmalar zaliga Rossiyaning Turkiyadagi sobiq elchisi Andrey Karlovning nomi berildi. Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda ushbu zalda terrorchi qurboniga aylangan edi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Chanqoya tumani rahbari Alper Tashdelenning bayonot berishicha, rossiyalik diplomatning o‘ldirilishi Turkiya va Rossiya xalqlarining chuqur qayg‘usiga sabab bo‘lgan.
"Terrorizm – bu butun insoniyatga qarshi jinoyatdir. Biz dini va millati yo‘q terrorchilarni qoralaymiz. Bu zal Karlov xotirasini abadiy saqlaydi", - degan Tashdelen.
Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov Anqaradagi ko‘rgazmada nutq so‘zlayotgan vaqtda otib o‘ldirilgan edi. RF tashqi ishlar vazirligi voqeani terakt deb baholagandi. Karlovga o‘limidan so‘ng, Rossiya qahramoni unvoni berilgandi.

Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36 / 29.04.2025
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

18:08 / 29.04.2025
Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi

15:27 / 29.04.2025