JCh-2026da Osiyoga 8,5 o‘rin berilgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

2026 yilgi jahon chempionati uchun konfederatsiyalarga o‘rinlar taqsimoti hali qabul qilinmagan. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi.
«Hozircha konfederatsiyalar bo‘yicha hech qanday o‘rinlar taqsimlangani yo‘q. Bu hozir zarur ham emas. Ayni paytda biz zayavkalarni qabul qilish jarayoni bilan ishlamoqdamiz.
Hech qaysi mintaqaga aniq o‘rin kafolatlanmagan. Albatta har bir konfederatsiya o‘z o‘rinlariga qiziqadi va bu bo‘yicha munozaralar avj olgan. O‘rinlarni taqsimlashda biz juda ko‘p jihatlarga e'tibor berishimiz kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda o‘sha hududda sportning qay darajada taraqqiy topayotgani hisobga olinishi lozim», - degan FIFA rahbari.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq chempionatda ishtirok etish uchun konfederatsiyalarga o‘rinlar taqsimlangani va unda Osiyo uchun 8,5 o‘rin ajratilgani haqida xabarlar berilgandi.
Mavzuga oid

15:30 / 05.02.2025
Hokkey bo‘yicha Rossiya milliy jamoasi 2026 yilgi JChda ishtirok etmaydi

12:15 / 24.10.2024
2050 yilgacha Osiyoda 69 foiz aholi uzoqni ko‘ra olmasligi mumkin – tadqiqot

14:47 / 09.08.2023
Osiyoda ishlab chiqarilgan mahsulotlar narxi ishchi kuchi yetishmayotgani sababli oshishi mumkin - WSJ

19:36 / 13.03.2023