Biofizik 20 sentlik bolalar o‘yinchog‘idan qon uchun sentrifuga yasadi
Stenford universiteti biofizigi Manu Prakash bolalar o‘yinchog‘i negizida qon tahlili uchun kichik-sentrifugani ishlab chiqdi. Shunday qilib, yangi jihoz tannarxi 20 sentga aylanishi mumkin. Mazkur ixtiroga bag‘ishlangan maqola Nature Biomedical Engineering jurnalida chop etildi.
Tsentrifuganing ishlash prinsipi juda sodda: qon namunalari solingan kapilyar quvurchalar ikkita qog‘ozli disklar o‘rtasida mahkamlanadi. Disklar qalin ip bilan bog‘langan bo‘ladi. So‘ngra, ushbu iplar o‘raladi va qarshi tomonga tortiladi. Buning natijasida disklar katta tezlikda aylanadi. Olimlar aylanish tezligini daqiqasiga 125 mingga chiqarishning uddasidan chiqishgan. Bu esa fabrikalarda ishlab chiqarilgan ko‘plab sentrifugalar tezligidan kattadir.
Qurilmaga asos bo‘lgan o‘yinchoq o‘z navbatida ko‘p asrlik tarixga ega. Uning yoshi 5000 yillar bo‘lib, Xitoydan tortib Venesuelagacha bo‘lgan hududlarda topilgan.
Olimlar o‘z ixtirosini paperfuge - «qog‘ozfuga» deb atashdi. Uning «detallari» - qog‘oz, ip va yelim 20 sentga yaqin turadi. Zavodda ishlab chiqarilgan sentrifugalar narxi 6 ming dollargacha turadi.
Agar qurilma sentrifugalar me'yorlariga javob bersa, ixcham va arzon tibbiy uskuna bo‘lishi mumkin. U anemiya va turli infeksiyalarni tahlil qilishda elektr manbasi yo‘q bo‘lganda juda qo‘l kelishi mumkin.
Mavzuga oid

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

10:30 / 22.03.2025
Olimlar ob-havoni tezroq va aniqroq bashorat qilish usulini ishlab chiqdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

12:07 / 22.02.2025