Bloomberg: Kremlning Tramp borasidagi xursandchiligi ishonchsizlikka aylandi

Foto: Evan Vucci/AP
Kreml ma'muriyatining Donald Tramp g‘alabasidan his qilgan xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmay, ishonchsizlikka aylangan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi Rossiyadagi yuqori lavozimli mulozimlariga asoslangan holda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Kreml Tramp davrida AQSh bilan munosabatlarni qisqa muddatga bo‘lsin yaxshilash mumkinligiga unchalik ishonmayapti.
«Oq uyda Vladimir Putin muxlisi paydo bo‘lishiga doir Kremldagi dastlabki xursandchilik ishonchsizlikka aylandi», — deb xabar qilgan Bloomberg Moskvadagi 4 nafar yuqori lavozimli manbasiga asoslangan holda.
Bunga, Qo‘shma Shtatlar saylangan prezidentining ayrim bayonotlari sabab bo‘lgan. Xususan, u AQSh yadro salohiyatini mustahkamlash haqida so‘z yuritgan edi. Shuningdek, Tramp, Yevropa OAVga bergan intervyusida, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish sifatida qurolsizlanish muzokaralarini ham shart qilib ilgari surgandi.
«Kremlning Trampdan kutayotganlari sezilarli o‘zgargan», — deya Siyosiy kon'yuktura markazi direktori Aleksey Chesnakov so‘zlarini keltiradi Bloomberg agentligi. «Rossiya rahbariyati munosabatlarni tiklash oson bo‘lmasligini aniq ko‘rmoqda», — deya qo‘shimcha qilgan Chesnakov.
Tramp AQSh prezidentlik saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan munosabatlarini turlicha taxmin qilgan edi. Jumladan, milliarder prezident 2016 yil 8 sentabrdagi chiqishida «Putin ikkovining munosabatlari juda, juda yaxshi bo‘lishi» haqida fikr bildirgan edi.
Bundan uch oylar ilgari, ya'ni 2016 yil yoz oylarida Reuters agentligiga bergan intervyusida: «O‘ylaymanki, Rossiya bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘ladi. Balki, bunday bo‘lmas. Putin men haqimda ijobiy so‘zlarni aytgani, muzokaralarda unga qo‘l kelishini anglatmaydi. Ha, haqiqatda yordam bermaydi», - degan edi.
Mavzuga oid

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

20:36 / 29.04.2025