Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tan soqchisining g‘alati qo‘li internetda bahslarga sabab bo‘ldi

Internet foydalanuvchilari AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi tasvirlangan videoyozuvda g‘ayritabiiy holatga guvoh bo‘lishdi. Tadbir CNN telekanali tomonidan translyatsiya qilingan.
Bir qator foydalanuvchilarning fikricha, Vashington markazidagi Pensilvaniya-avenyu bo‘ylab sayr qilgan Tramp hamda uning rafiqasi ketidan yurgan tan soqchida sun'iy qo‘l bo‘lgan. Uning ortida esa aslida qurol yashiringan bo‘lgan. Bu favqulodda holatda kerak bo‘lib qolishi mumkin. Taxminlardan biriga ko‘ra, agentning haqiqiy barmoqlari bu payt palto ostidagi to‘pponcha yoki mini-avtomat tepkisida bo‘lgan.
Video va fotosuratlarda sochi yo‘q tan soqchi uzoq muddat davomida bir xil vaziyatda turgani hamda harakatlanmaganini ko‘rish mumkin. Bu esa uning qo‘llaridan biri soxta ekani haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi.
G‘arb OAVning ta'kidlashicha, o‘sha paytdagi vaziyat va Amerika poytaxtidagi norozilik namoyishlarini hisobga olsa, qo‘riqchilardan biri matbuot e'tiborini ayniqsa ko‘p tortgani tabiiy holat.
Biroq taqdim etilgan kadrlardan birida agent baribir o‘z qo‘li holatini o‘zgartirib, barmoqlarini qayirib olganini ko‘rish mumkin. Bu esa uning qo‘li haqiqiy ekanidan dalolat beradi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:11
-
Porscheʼning avtobiznesdan foydasi ikkinchi chorakda 91 foizga kamaydi
Avto | 15:07
-
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi
Ta’lim | 14:55
Mavzuga oid

11:20 / 30.10.2024
OAV: Putinning soqchilari tasodifan uning harakatlanishini oshkor qilib qo‘ydi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020