Jahon | 08:17 / 05.02.2017
3698
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh adliya vazirligi sudning immigratsiya farmoni amal qilishini to‘xtatish qarori ustidan shikoyat qildi

Foto: EPA/JIM LO SCALZO

AQSh adliya vazirligi Sietl federal sudining immigratsiya siyosatini qat'iylashtirish farmoni amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatish qarori ustidan apellyatsiya berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.  

Ta'kidlanishicha, gap apellyatsiya berish jarayonining rasman boshlanishi haqida ketmoqda. Hozircha qaror ustidan shikoyat qilishga hech qanday asos va dalillar ko‘rsatilmagan, chunki adliya vazirligi Vashington shtati G‘arbiy okrugi sudini jarayon boshlanishi haqidagina xabardor qilgan. 

Avvalroq Donald Tramp sudyalarning bu qarorini bekor qilishga va'da bergandi.

Mavzuga oid