Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zA Milliy axborot agentligi yubileyini nishonlamoqda

Foto: Facebook / Bekzod Hidoyatov
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tashkil etilganiga bugun 25 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan agentlik xodimi Behzod Hidoyatov feysbukdagi sahifasida agentlik jamoasini tabriklagan.
"Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tashkil etilganiga 25 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zA jamoamiz a'zolarini chin dildan tabriklayman. Ijodiy parvozimiz hamisha xayrli bo‘lsin. O‘rtamizdan mehr-oqibat arimasin. Bir zamonlar Frans Rress, Associated Rress kabi agentliklar ham 25 yoshini nishonlagan. Demak, hali hammasi oldinda. O‘zA nomi hamisha, har qayerda jaranglayversin!", deya yozilgan tabrikda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 1992 yil 5 fevralda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, davlat rasmiy axborot manbai va mamlakatdagi yetakchi axborot agentligidir.
Bugungi kunda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati va mamlakatdagi muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni to‘laligicha yoritib kelmoqda. Agentlikning viloyatlardagi muxbirlar tarmog‘i mamlakatning barcha hududlaridagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida tezkor va obektiv axborot uzatish imkonini beradi.
O‘zA o‘z axborotlarini o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va xitoy tillarida tarqatadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

22:29 / 12.09.2024
Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

16:31 / 29.09.2023
«Sharq» nashriyoti va O‘zAga tegishli binolarni xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

13:39 / 22.09.2023
“Madaniy meros obektlari xususiylashtirilishi mumkin emas” - Madaniy meros agentligi

10:01 / 11.09.2023