Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi vakiliga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Raketa mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da (Toshkent vaqti bilan 03:55) uchirilgan.
Janubiy Koreya tomonining aytishicha, raketa Shimoliy Koreyaning Pxyonan-Pukto viloyatidan uchirilgan. Raketa 500 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.
"Harbiylar bu raketa o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "Musudan" yoki kichik masofalarga mo‘ljallangan "Nodon" turidagi raketalardan qaysi biri bo‘lganini aniqlashmoqda", deb aytilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, "Musudan" raketasining taxminiy uchish uzoqligi 3 ming km ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi

11:35 / 05.05.2025
Eron yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi

16:01 / 04.05.2025