Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov qasamyod qabul qildi

Turkmaniston prezidentligiga qayta saylangan Gurbanguli Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi. «Turkmaniston: oltin asr» gazetasining yozishicha, u Ruhiyat saroyida «turkman xalqiga va davlatga sadoqat bilan xizmat qilishi»ni aytib qasamyod qilgan.
Mamlakat rahbari o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, «zimmasidagi mas'uliyatli vazifalarni vijdonan bajarish»ga, shuningdek, «Turkmanistonning mustaqilligi va betarafligini himoya qilish»ga, «turkman xalqini birlashtirish va tinch hayotni ta'minlash uchun o‘zining bor kuchini yo‘naltirish»ga qasamyod qilgan.
Shundan so‘ng unga Turkmaniston prezidenti guvohnomasi topshirilgan, davlat madhiyasi yangragan, marosimning barcha ishtirokchilari madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etgan.
Turkmanistonda prezidentlik saylovlari 12 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov 97,69 foiz ovoz to‘plab, uchinchi muddatga respublika prezidenti etib saylandi.
Mavzuga oid

22:40 / 27.07.2025
Shaolin ibodatxonasi bosh rohibi qasamyodni buzish va talon-torojda gumonlanmoqda

23:29 / 21.01.2025
Prezidentlar nega qasamyod qiladi?

12:03 / 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi

07:21 / 27.12.2021