Rossiyada IShIDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan bir guruh markaziy osiyoliklar qo‘lga olindi
Saxalinda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegarachilari va xodimlari IShID terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish uchun Suriyaga migratsiya qilmoqchi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini ushlashdi. Bu haqda TASS axborot agentligi FXXning Saxalin bo‘yicha chegara boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
"2016 yilda uchinchi davlatlar orqali IShID faoliyatida ishtirok etish uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlaridan bir guruh odamlar aniqlangan. Ularning barchasi uzoq vaqt davomida Rossiya hududida noqonuniy ravishda yashagan", deyiladi xabarda.
FXX ma'lumotlariga ko‘ra, ulardan biri Saxalin viloyatida chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tgani va poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlarni sodir etganlik va jangarilikka yollaganlik uchun qidirilgan.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda sud qarori bilan 4 nafar markaziy osiyolik o‘z vatanlariga qaytarilgan va xorijiy hamkorlarga javobgarlikka tortilish uchun topshirilgan.
Mavzuga oid

17:34 / 27.04.2025
FXX rossiyalik generalni portlatishda gumonlangan shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

21:41 / 25.04.2025